ELEKTRON Navbat tizimi

Navbatlarni boshqarish tizimi - ONLINET Group (Vengriya)  kompaniyasining mijozlarga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan ish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashrif buyuruvchilarni yo'naltirish uchun mo'ljallangan tizim.  Baraka Texnika O'zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi rasmiy hamkori hisoblanadi. 

Qulaylik yaratish, tezkor xizmat ko'rsatish, doimiy monitoring va xodimlarning ishini taqsimlash bilan birga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash va mijozlarning sodiqligini oshirishga qodir tizim.

Elektron navbatni boshqarish tizimi umumiy kompleks bo'lib (avtonom tizim)  maxsus uskunalar va dasturiy ta'minotdan iborat. Navbatni boshqarish tizimini yoki elektron navbatni amalga oshirish loyihasi, o'ziga xos xususiyatlari ega bo'lib, xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish yordamida hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalarga bog'liq. Bu vazifalarga quyidagilar kiradi:

  • Tashrifchini navbatda ro'yxatdan o'tkazish va raqamli chipta berish
  • Xizmatga taklif haqida tashrif buyuruvchilarni xabardor qilish
  • Tashrifchini boshqa darchalarga yoki boshqa xodimlarga yo'naltirish
  • Xizmat sifatini baholash ko'rinishidagi fikr-mulohazalar

ONLINET (Vengriya) kompaniyasining elektron navbat tizimlari turli xil modifikatsiyalarga ega: IQMulti-Q, EXE-Q, Smart-Q. Uskunalar turlari har qanday mijozning talablarini, "narx-navo" nisbati bo'yicha maqbul bo'lgan har qanday o'lchamdagi xizmat ko'rsatish korxonalar uchun individual yechimni tanlash imkonini beradi. 

Arzon va oddiy  IQ navbat tizimlari ish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashrif buyuruvchilarni qulaylik bilan kutish zarurati bo'lgan joylarda qo'llaniladi, bunda tashrif buyuruvchilar oqimini yo'nalishga bo'lish imkoniyati mavjud. Ushbu tizimlar zamonaviy dizaynga ega, shuningdek, ishni taqsimlash uchun statistika va onlayn monitoring uchun standart dasturiy modullarga ega.

Murakkab navbatni boshqarish tizimlari  Multi-Q, EXE-Q, Smart-Q yanada rivojlangan tizimlar bo'lib, ishlashini nazorat qilish uchun maxsus dasturlardan foydalanadi. Bu mijozlarga yo'naltirilgan tashkilotlarning joriy operatsion faoliyati va strategik maqsadlari uchun kerakli bo'lgan navbatni boshqarish tizimining eng keng funktsional imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.